Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Avto Climate Control" MCHJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish bo‘yicha tanlov muddatini uzaytirdi.
lgan tijorat takliflarini tayyorlashda Aktivni moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant "Portfolio Investments" kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2024-yil 30-dekabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Shu bilan birga, Konsultant tomonidan raqobat muhitini taʼminlash maqsadida savdo jarayonlariga yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish ishlari parallel ravishda amalga oshiriladi va Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish davom ettiriladi.
Avto Climate Control 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobil uchun isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ustav kapitali 12,59 milliard so‘mni tashkil etadi.