Asrorjon Askarov AJ «Hududiy elektr tarmoqlari»ga rahbar etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AJ «Hududiy elektr tarmoqlari» matbuot xizmati kompaniyaning yangi rahbari tayinlangani haqida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, AJ «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga Asrorjon Askarov tayinlangan.
Asrorjon Askarov tayinlovga qadar kompaniyada iqtisodiyot va moliya bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Yangi lavozimda u Ulug‘bek Mustafoyevning o‘rnini egalladi. Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. U 2019-yildan beri «Hududiy elektr tarmoqlari»ni boshqargan va undan avval, 2017-yildan «O‘zbekenergo»ga rahbarlik qilgan.