Valyuta kurslari 30/04/2025
$1 – 12933.16
UZS – -0,12%
€1 – 14719.23
UZS – 0,16%
₽1 – 158.28
UZS – 0,86%
Qidirish
Iqtisod 24/03/2025 Asman Airlines 2025 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonga parvozlarni boshlaydi

Asman Airlines 2025 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonga parvozlarni boshlaydi

(Surat: Asman Airlines)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘izistonning davlat aviakompaniyasi Asman Airlines 2025 yilda o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirib, Qozog‘iston, O‘zbekiston va qator uzoq xorijiy davlatlarga muntazam parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida "Qirg‘iziston aeroportlari" AJ boshqaruv raisi Manasbek Samiddinov maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026–2027 yillarda aviakompaniya xalqaro bozorda o‘z mavqeini ancha mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu maqsadda Airbus A320 va A321 turidagi ikki yangi havo kemasini foydalanishga kiritish rejasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, aviakompaniya Yaqin Sharq va Yevropa davlatlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini faol o‘rganmoqda. Kengayishning birinchi bosqichi doirasida 2025 yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan.

Samiddinov taʼkidlaganidek, 2024 yilda aviakompaniya uchta Dash 8 400 samolyotini sotib olgan, bu esa unga ichki yo‘nalishlar, jumladan, Osh, Qaroqol, Talas va Jalolobodga reyslarni amalga oshirish imkonini berdi.

Boshqaruv raisi Asman Airlines yetakchi aviakompaniyalar bilan raqobatlashish uchun katta salohiyatga ega ekanini taʼkidladi. Buning asosiy omillari sifatida davlat ko‘magi, zamonaviy havo parki va raqobatbardosh narx siyosati keltirildi.

Shu bilan birga, Samiddinovning fikricha, xalqaro bozorda o‘zini mustahkam tutishi uchun aviakompaniya xizmat sifatini oshirish, havo parkini kengaytirish va chet el aviakompaniyalari bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlash ustida ish olib borishi lozim.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling