Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Artur Guliyev Milanda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milan shahri (Italiya) mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatga kanoechimiz Artur Guliyev erishdi.
200 metr masofaga kechgan bellashuvda yurtdoshimiz 38,63 soniya natija qayd etdi. Shu tariqa, Guliyev faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.