Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 09/04/2025 AQSHda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

AQSHda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avval xabar berganimizdek, AQSHning Sharlotta shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi BUILD-2025 AWCI‘S CONVENTION+EXPO xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibiga Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Halimjon Safarov kirdi.

Tashrif doirasida joriy yil 5 aprel kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar uchun shourum va savdo ombori tashkil etildi.

Savdo ombori 850 kv metr maydonda joylashgan bo‘lib, barcha sharoitlar ega. Ombor infastrukturasi mahsulotlarni o‘sib borish tartibida, qavatma-qavat joylashtirishga imkon beradi.

Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida savdo omborining joylashuv manzilini tanlashda uning avtomobil va temir yo‘llari va portga yaqinligi inobatga olindi.

Doimiy shourumga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 60 turdan ortiq qurilish materiallari joylashtirildi.

Ochilish tadbiriga AQSHdagi developerlar, yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari taklif etildi.

Tadbir davomida Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Ecomarble” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan pardozbop tosh mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan qiymati 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling