Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
O‘zbekiston 01/05/2025 AQSH 130 dan ortiq noqonuniy muhojirni O‘zbekistonga deportatsiya qildi

AQSH 130 dan ortiq noqonuniy muhojirni O‘zbekistonga deportatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH Markaziy Osiyodan noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatga kirib kelgan 130 dan ortiq muhojirni O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining bayonotida qayd etilgan.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarining deportatsiyasi chorshanba kuni amalga oshirilgan.

Vazirlik taʼkidlashicha, O‘zbekiston o‘z fuqarolarining qaytishi uchun barcha xarajatlarni to‘liq moliyalashtirgan. Bu esa, ularning fikricha, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yuksak darajasidan dalolat beradi va AQSHning boshqa ittifoqchilari uchun namuna bo‘lishi mumkin.

AQSHning Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 131 nafar noqonuniy muhojirni vataniga qaytarish reysini tashkil etishdagi yetakchiligini yuksak baholaymiz», — dedi vazir Noem. — «Biz O‘zbekiston bilan qonun ustuvorligini taʼminlash va umumiy xavfsizligimizni mustahkamlash maqsadida kelgusida hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling