Valyuta kurslari 21/04/2025
$1 – 12938.20
UZS – -0,2%
€1 – 14710.73
UZS – -0,23%
₽1 – 159.51
UZS – 0,78%
Qidirish
Iqtisod 31/01/2025 Anqarada "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formati doirasida ikkinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Anqarada "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formati doirasida ikkinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 29-yanvar kuni Turkiya Respublikasining Anqara shahrida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, iqtisodiyot/savdo va transport vazirlarining ikkinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov ishtirok etdi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri tashqi siyosat, mintaqaviy hamkorlik va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘ldi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mintaqa transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Vazirlar o‘zaro tovar yetkazib berishni osonlashtirish va davlatlar o‘rtasida tovarlar va odamlarning harakatlanishini ta’minlash uchun yagona va samarali transport infratuzilmasini yaratish muhimligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish natijasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjat transport sohasida hamkorlikni kuchaytirish va mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini belgilaydi.

Anqaradagi uchrashuv uch davlat o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va mintaqaviy transport hamda savdo aloqalarini barqaror rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling