Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 21/04/2025 Anqara sanoat palatasi vakillari O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Anqara sanoat palatasi vakillari O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Anqara Sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Mete Chaglayan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Anqara Sanoat Palatasi 1964 yilda tashkil etilgan va 67 ta turli sohalarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan.

Joriy yilning may oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 8-yig‘ilishi va biznes-forumini o‘tkazishning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, uchrashuv chog‘ida Turkiya tomoniga qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, metallurgiya, charm, zargarlik sanoati, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish kabi ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Mete Chaglayan muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling