Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 09/02/2025 Anor Bank Energetika vazirligi va Uztransgaz binolarini sotib oldi

Anor Bank Energetika vazirligi va Uztransgaz binolarini sotib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 27 yanvar kuni Anor Bank Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan binolarni 254,6 mlrd so‘mga sotib oldi. Bundan avval bu binolar Uzbekneftegaz kompaniyasining shoʻba tashkiloti «NEFT GAZ BINO INSHOAT» balansida bo‘lgan.

Bundan tashqari, 10 yanvar kuni tuzilgan shartnoma asosida Anor Bank Shahrisabz ko‘chasi, 85a manzilida joylashgan va Uztransgazga tegishli bo‘lgan binolarni 185 mlrd so‘mga sotib oldi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik va idoralar bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chirilmoqda. Yangi shaharda vaqtinchalik maʼmuriy binolarning qurilishi davom etmoqda, jumladan, to‘rtta yengil turdagi binolar va yordamchi inshootlar barpo etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling