Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Sport 12/02/2025 Amputantlar o‘rtasidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

Amputantlar o‘rtasidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Guruh bosqichida o‘zbek futbolchilari Indoneziyani (8:1), Nepalni (13:0) va mezbon Bangladesh jamoasini (3:0) yirik hisobda mag‘lub etdi.

Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 3:0 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi bahsda o‘zbek futbolchilari yana Indoneziya terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va raqibni 6:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bu natija amputantlar o‘rtasidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasining Osiyodagi yetakchi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling