Amputantlar o‘rtasidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Guruh bosqichida o‘zbek futbolchilari Indoneziyani (8:1), Nepalni (13:0) va mezbon Bangladesh jamoasini (3:0) yirik hisobda mag‘lub etdi.
Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 3:0 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.
Hal qiluvchi bahsda o‘zbek futbolchilari yana Indoneziya terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va raqibni 6:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Bu natija amputantlar o‘rtasidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasining Osiyodagi yetakchi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.