Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Texnologiyalar 04/05/2025 Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-160-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan

matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sunʼiy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;

ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish.

Universitetda taʼlim jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan tashkil etiladi hamda talabalarni o‘qitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling