Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 21/01/2025 Al Arkan O‘zbekistonda keng qamrovli dasturni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Al Arkan O‘zbekistonda keng qamrovli dasturni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistonining Al Arkan kompaniyasi ijrochi direktori Muhammad al-Fassom bilan uchrashdi.

Suhbat davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishda xavfsizlik va gigiyena bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar muhokama qilindi.

Dastur oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish milliy tizimini rivojlantirish, oziq-ovqat sanoati xodimlarini zamonaviy xavfsizlik standartlariga o‘rgatish, tibbiyot, turizm va transport xizmatlari darajasini yuksaltirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy qilish, infratuzilmani modernizatsiyalash, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirishni va boshqa bir qator yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Loyihani amalga oshirish mamlakatimizning yetakchi kompaniyalariga xizmat ko‘rsatish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi, bu esa ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmiga va ichki va tashqi bozorda xaridorgir sifatli mahsulotlarni eksportga yetkazib berishga multiplikativ ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga tayyorligini bildirib, mas’ul rahbarlar va loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq choralarni belgilab oldilar.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling