Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kapitalbank Germaniyaning Helaba (Landesbank Hessen-Thüringen) banki bilan 15 million yevrolik savdoni kreditlash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzoladi.
Kelishuv bitimi imzolanishi 14-15 yanvar kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan Euromoney 2025 xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bu strategik sheriklik eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Kelishuv ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish va biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi.