Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 02/07/2025 Air China aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi

Air China aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasining Air China aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlar amalga oshirish uchun rasmiy ruxsatnoma oldi.

“O‘zaviatsiya” agentligi xabar berishicha, ekspluatatsion ruxsatnoma 1994 yil 19 aprelda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo kelishuv asosida berilgan.

Berilgan ruxsatga ko‘ra, Air China aviakompaniyasi Pekin – Toshkent – Pekin va Ӯrumchi – Toshkent – Ӯrumchi yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi. Parvozlar Boeing 737-800/8 (MAX) va Airbus A330-300/200 turdagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Kutilmoqdaki, ushbu reyslarning yo‘lga qo‘yilishi ikki davlat o‘rtasidagi havo aloqalarini mustahkamlaydi va biznes, turizm hamda madaniy aloqalar rivojiga hissa qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling