Valyuta kurslari 30/01/2025
$1 – 12968.34
UZS – -0,05%
€1 – 13492.26
UZS – -0,36%
₽1 – 132.32
UZS – -0,56%
Qidirish
Moliya 27/01/2025 Aholi yalpi daromadlarining umumiy hajmi 896,3 trillion so‘mga yetdi

Aholi yalpi daromadlarining umumiy hajmi 896,3 trillion so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 896,3 trln so‘mni tashkil etdi . Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksi (INI)dan foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,1 % ni tashkil etdi.

Aholi umumiy daromadlarini hisoblashda Statistika agentligi hisobotlari ma’lumotlaridan, shuningdek, muntazam ravishda statistika organlari tomonidan o‘tkazib boriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy faoliyati bo‘yicha hamda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlaridan, bundan tashqari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Markaziy bank, Xalq banki, Soliq qo‘mitasi tomonidan aholiga hisoblangan daromadlar, ijtimoiy to‘lovlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Aholi umumiy daromadlarini hisoblashda Statistika agentligining “Аholining umumiy daromadlarini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 28-maydagi 118-son qarori asos bo‘ladi

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (60 594,4 ming so‘m) hamda Navoiy (38 112,3 ming so‘m), Buxoro (27 508,0 ming so‘m) va Toshkent (25 123,3 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Namangan viloyati (16 849,0 ming so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (16 858,0 ming so‘m) va Surxondaryo viloyatida (17 880,0 ming so‘m) qayd etildi.

2024-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 105,9 % ni tashkil etdi. Xuddi shu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga 102,8 % ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Toshkent shahri (15,4 %), Navoiy (7,9 %) va Toshkent (6,4 %) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga Samarqand (5,3 %) Аndijon (4,8 %), Xorazm (4,7 %) Sirdaryo (3,7 %), Qashqadaryo (3,2 %) va Buxoro (2,4 %) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,4 %), Jizzax (2,0 %), Farg‘ona (1,1 %) Namangan (0,5 %), Surxondaryo (0,2 %) viloyatlari aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish sur’atlari o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi.

Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 27,9 % ulushga ega bo‘lgan yollanma ishchilarning daromadlari va 35,0 % ulushga ega mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar hamda 26,0 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan. Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar)ning respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichi Navoiy (77,9 %), Jizzax (74,8 %), Toshkent (72,6 %), Sirdaryo (68,6 %), Buxoro (67,3 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (64,7 %), Qashqadaryo (64,2 %), Surxondaryo (63,8 %) va Namangan (63,5 %) viloyatlarida kuzatildi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 62,9 % ni tashkil etd

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 117,2 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 11,0 % ga o‘sishini ta’minladi. 

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 117,2 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 11,0 % ga o‘sishini ta’minladi.

Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori nominal o‘sish sur’ati Toshkent shahri (126,8 %), Samarqand (119,2 %) va Jizzax (117,4 %) viloyatlarida qayd etildi.

Joriy davrda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning o‘sish sur’ati 115,9 % ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 5,7 % ga o‘sishini ta’minladi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar 35,0 % ni tashkil qildi

Hududlarda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Jizzax (52,4 %), Buxoro (47,4 %), Qashqadaryo (44,8 %) va Surxondaryo (44,8 %) viloyatlarida kuzatildi. Aksincha, Toshkent shahrida o‘rtacha respublika darajasidan past bo‘lgan.

2024-yil yanvar-dekabr oylarida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning 1 % ga o‘sishi umumiy daromadlar hajmining 0,35 % ga o‘sishiga olib keldi.

Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning asosiy ulushi Toshkent (10,7 %), Samarqand (10,2 %), Qashqadaryo (9,5 %) va Andijon (9,4 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Kamroq ulushga ega bo‘lgan hududlar Sirdaryo viloyati (2,3 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,0 %) va Jizzax viloyati (4,9 %) hisoblanadi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, mol-mulkdan olingan daromadlar 30,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mol-mulkdan olingan daromadlar ulushi 3,3 % ni tashkil etdi. Joriy davrda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi umumiy daromadlari hajmining 1,2 % ga o‘sishini ta’minladi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida mol-mulkdan olingan daromadlar hajmining uchdan ikki qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 63,5 % ni tashkil etdi. Navoiy viloyati (5,8 %) keyingi yuqori ulushga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida molmulkdan olingan daromadlar 3,3 % ni tashkil qildi. Hududlarda mol-mulkdan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushida Toshkent shahri (10,2 %) va Navoiy viloyatida (4,2 %) o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ulush qayd etildi2024-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida molmulkdan olingan daromadlar 3,3 % ni tashkil qildi. Hududlarda mol-mulkdan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushida Toshkent shahri (10,2 %) va Navoiy viloyatida (4,2 %) o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ulush qayd etildi.

Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, transfertlardan olingan daromadlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal o‘sish sur’ati 113,7 % ni tashkil etdi. Ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi 26,0 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, transfertlardan olingan daromadlarning 36,6 % ini ijtimoiy transfertlardan olingan daromadlar tashkil qilgan bo‘lsa, 63,4 % ini boshqa joriy transfertlardan olingan daromadlar tashkil qildi.

Ijtimoiy transfertlar tarkibida pensiyalar eng ko‘p ulush – 80,5 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, nafaqalar 17,8 % ni, stipendiyalar 1,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylari bo‘yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida (boshqa joriy transfertlar tarkibiga kiruvchi) respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining ulushi 16,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 58,7 % ni tashkil etdi.Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hududiy aholi umumiy daromadlaridagi ulushi turlicha, eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (67,5 %) kuzatildi. Eng kam ulush esa Toshkent shahrida (49,8 %), Navoiy viloyatida (53,7 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (54,5 %) qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling