Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 04/01/2025 “Afrosiyob”ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi

“Afrosiyob”ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yildan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdi Kattako‘rg‘on shahrida to‘xtaydi. Bu haqda Samarqand viloyati xokimiyati xabar berdi.

Bu davlatimiz rahbarining 2024-yil 29-noyabrda qabul qilgan “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini  yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da ko‘zda tutilgan.

Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga 2025-yilda “Afrosiyob” poyezdining “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini hamda “Samarqand – Kattaqo‘rg‘on” elektr poyezdi yo‘nalishlarini tashkil etish  vazifalari topshirilgan.

Shuningdek, “Bulung‘ur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqo‘rg‘on shahri” yo‘nalishida elektr poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling