Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuni kecha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasida Afg‘onistonning yirik qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va savdo bilan shug‘ullanuvchi «Kabul Decor» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda uyushma boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Raximov ishtirok etdi.Dastlab, qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari, tabiiy pardozbop toshlar qazib olish va ishlab chiqarish, xalqaro aloqalar sohadagi tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv chog‘ida qurilish materiallari sanoati sohasida eksport, investitsiya va kooperatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda uni rivojlantirib borish, transport-logistikasi kabi masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.