Afg‘onistonda O‘zbekistonning yangi savdo uyi ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilmoqda.
Ushbu savdo uyi 220 kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, tadbirkorlarimiz uchun mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga chiqarish, hamkorlar topish va eksportni kengaytirish uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Unda farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona faoliyat ko‘rsatadi.