Advancepact kompaniyasi O‘zbekiston farmatsevtika klasteri bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 15 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Malayziyaning “Advansepast” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida har ikki tomon o‘z tashkilotlari faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi. “Advansepast” kompaniyasi biofarmatsevtika sohasida loyiha boshqaruvi, mutaxassis tayyorlash va texnologik yechimlar bo‘yicha katta tajribaga ega xalqaro operator hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida hududida R&D markazlari, klinik tadqiqotlar, xalqaro standartlar asosidagi ishlab chiqarish hamda texnologiya transferi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro axborot almashish va hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlarini birgalikda o‘rganishga kelishib oldilar.