Valyuta kurslari 08/11/2024
$1 – 12809.05
UZS – 0,17%
€1 – 13765.89
UZS – 0,09%
₽1 – 130.56
UZS – 0,22%
Qidirish
O‘zbekiston 12/10/2024 Adliya vaziri Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi

Adliya vaziri Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Vazir uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi izchil hamkorlik 30-yil davomida amalga oshirilib kelinayotganligini taʼkidlab, adliya va huquq sohasida amalga oshirilgan loyihalar va dasturlar haqida toʻxtalib otdi.

Jumladan, vazirlikning Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasining birinchi fazasi doirasida aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi va yangi imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.

Oʻz navbatida, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligi hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshganligidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ishga tushirilgan TWINNING dasturi doirasida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” nomli loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, A. Toshqulov xorij tomonini nodavlat, notijorat tashkilotlarni roʻyxatdan olish va moliyalashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan xabardor qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi loyihalar doirasida hamkorlikni jadallashtirishga hamda adliya va huquq sohasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling