Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Turizm 29/05/2025 Abu-Dabi Madaniyat va turizm departamenti Ostona va Toshkentda o‘tkazgan sayyor ko‘rgazmalari turizm sohasi mutaxassislarini o‘ziga rom etdi

Abu-Dabi Madaniyat va turizm departamenti Ostona va Toshkentda o‘tkazgan sayyor ko‘rgazmalari turizm sohasi mutaxassislarini o‘ziga rom etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Abu-Dabi Madaniyat va turizm departamenti (DCT Abu Dhabi) mintaqadagi ikkita asosiy bozorda Experience Abu Dhabi CIS Roadshow roadshow sayyor ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tadbirlar 13-may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida va 15-may kuni O‘zbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor ko‘rgazmalar ikki poytaxtda 400 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi va Abu-Dabining turizm salohiyati haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston turizm biznesi vakillari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi. Har bir shaharda o‘tkazilgan tadbirlarda 200 ga yaqin mutaxassis - turoperatorlar, turagentlar va mehmondo‘stlik sanoati vakillari qatnashdi. Abu-Dabidan 17 ta hamkor, jumladan mehmonxonalar, turizm maskanlari, aviatashuvchilar va yo‘nalishlarni boshqarish kompaniyalari o‘zlarining eng so‘nggi mahsulot va takliflarini taqdim etdilar.

Tadbirlar formati jonli kasbiy muloqotni rag‘batlantirdi va yo‘nalish taqdimotlari, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish sessiyalari hamda rasmiy tushliklarni o‘z ichiga oldi. Bu Abu-Dabi vakillariga amirlikni dam olish, madaniy sayohat, oilaviy safarlar va ishbilarmonlik tadbirlari (MICE) uchun dunyodagi yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

DCT Abu Dhabi xalqaro operatsiyalar bo‘yicha direktori Abdulla Yusuf: "MDH mamlakatlari bozori Abu-Dabi uchun jadal rivojlanayotgan yo‘nalish hisoblanadi, va biz hamkorlarimizni mazmunli hamda samarali fikr almashish uchun birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan mamnunmiz",- dedi. Sayyor ko‘rgazmalar bizga sayyohlik sohasi vakillari bilan bevosita aloqa o‘rnatish, amirlik haqidagi yangiliklar bilan bo‘lishish va umumiy maqsadimiz - sayyohlarga ajoyib tajriba taqdim etish yo‘lida birgalikda harakat qilish imkonini beradi. 2030 yilgacha mo‘ljallangan Turizm strategiyasini amalga oshirish doirasidagi bunday sheriklik sayyohlik yo‘nalishining barcha bosqichlarida barqaror talabni shakllantirish va qiymat yaratishda muhim rol o‘ynaydi."

MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlarning chin madaniy taassurotlarga, oilaviy hordiqqa va yuqori sifatli xizmatlar darajasiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini hisobga olgan holda, Abu-Dabi yil davomida dam olish imkoniyatlari, qulay viza rejimi va kengayib borayotgan havo qatnovlari bilan o‘ziga xos o‘ringa ega.

Sayyor ko‘rgazmalar doirasida Amirlikning turizm sohasi mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli taklifi taqdim etildi. Bu taklif moslashtirilgan marketing materiallari va targ‘ibot vositalaridan tortib, to Experience Abu Dhabi Experts nomli ko‘p tilli o‘quv platformasigacha bo‘lgan yordamni o‘z ichiga oladi.

Ostona va Toshkentda o‘tkazilgan tadbirlar Abu-Dabining xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini tasdiqlash barobarida, amirlikning MDH bozoridagi ustuvor yo‘nalish sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qildi hamda o‘n yillik oxirigacha har yili 39,3 million tashrif buyuruvchini jalb etishni maqsad qilgan 2030 yilgacha mo‘ljallangan Turizm strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling