Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Sport 01/03/2025 Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»da fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga daʼvogar

Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»da fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga daʼvogar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» klubining Etihad talqini bo‘yicha 2025 yil fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga daʼvogarlar qatoriga kiritildi.

20 yoshli futbolchi uchun bu nufuzli mukofotga ilk nominatsiya bo‘lib, u norvegiyalik hujumchi Erling Holand va xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol bilan birga sovrin uchun kurash olib boradi.

G‘olib “shaharliklar” muxlislari o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijasida aniqlanadi.

«Manchester Siti»ning rasmiy sayti Husanovning tezkor rivojlanishini taʼkidlab, uning jamoadagi debyut oyi muxlislar mahbubiga aylanish salohiyatini ko‘rsatganini qayd etdi.

“Chelsi”ga qarshi o‘yinda kutilganidek hayajonli maydonga tushganidan so‘ng, yosh o‘zbek himoyachisi o‘yin ritmiga ishonchli kirib keldi.

Klubdagi ikkinchi o‘yinida Husanov Angliya Kubogi doirasida «Leyton Oriyent»ga qarshi bahsda Riko Lyuisning zarbasidan so‘ng to‘pni darvozaga yo‘llab, o‘zining ilk golini urdi.

Shundan so‘ng, u “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Aleksandr Isakni ishonchli to‘xtatdi va Entoni Gordonni neytrallashtirdi, natijada “Siti” raqibni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yorqin himoyaviy harakatlari, tezligi va qatʼiyati Husanovga jamoaning kelajak yetakchilaridan biri sifatida o‘zini namoyon etish imkonini berdi.

Chempionlar Ligasida “Real”ga qarshi o‘yinda u o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida Vinisius Junior va Kilian Mbappega qarshi kurashdi. 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, yosh o‘zbek futbolchisi qiyin sharoitlarda matonat ko‘rsatdi.

“Liverpul”ga qarshi o‘yin ham jiddiy sinov bo‘lib, Muhammad Saloh bilan to‘qnashuv 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi, ammo Husanov yana-da ishonchli va barqaror o‘yin namoyish etdi.

Fevral oyini u “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘yin bilan yakunladi, bu o‘yinda jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu o‘yin Husanovning istiqbolli o‘yinchi sifatidagi maqomini mustahkamladi va muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling