Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 2025-yilning 25-yanvar kuni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubida debyut o‘yinini o‘tkazadi.
U Londonning «Chelsi» klubiga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Bu o‘yin Husanov uchun ramziy ahamiyatga ega, chunki u Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Husanov bilan birgalikda misrlik hujumchi Omur Marmush ham «Manchester Siti» uchun debyut o‘yinini o‘tkazadi. Har ikkala transfer jamoani muhim bellashuvda kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov fransuzning «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga 40 million yevro va bonuslar evaziga o‘tgan edi.