Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Abduqodir Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tib, rasman «Manchester Siti» klubining yangi o‘yinchisiga aylanadi.
Shanba kuni chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi Parijdan Manchesterga xususiy samolyotda payshanba kuni kechqurun uchib kelgan. U yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
«Manchester Siti» va Fransiyaning «Lans» klublari o‘rtasida transfer 40 million yevro miqdoridagi summaga (bonuslar bilan birga) kelishilgan. 20 yoshli futbolchi 4,5-yillik shartnoma imzoladi, uni yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlarda Husanovning «Manchester Siti»ning yangi formasidagi suratlari paydo bo‘ldi. U 45-raqamli formada ko‘rinish bergan.
Suratlarda u «Etihad Stedium»ning futbol operatsiyalari direktori Chiki Begiristayn va o‘z vakili bilan birga tushgan. Shuningdek, klubning bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi futbolchi bilan suratga tushgan.
Abduqodir Husanovning transferi haqida rasmiy e’lon yaqin kunlarda kutilmoqda.