Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ma’qulladi.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ilgari surgani xabar qilingandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdulla Aripovning Bosh vazir lavozimiga nomzodini ko‘rib chiqdi.
Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etdi.
Nomzod va taklif etilayotgan dastur yuzasidan fraksiya rahbarlari va deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Dastur va nomzodlik muhokamasidan so‘ng Abdulla Aripovni Bosh vazir lavozimiga tasdiqlash masalasi ovozga qo‘yildi.
Yashirin ovoz berish natijasida deputatlar Abdulla Aripovning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodini ma’qulladilar.