Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,44 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi.
Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari turkumlanishi quyidagicha:
Sabzavotlar va mevalar – 1,1 mlrd AQSH dollari
Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 262,2 mln AQSH dollari
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 34,7 mln AQSH dollari
Sut mahsulotlari va qush tuxumlari – 29,6 mln AQSH dollari
Kofe, choy, kakkao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 18,2 mln AQSH dollari
Hayvonlar uchun oziq mahsulotlari – 18,1 mln AQSH dollari
Shakar, shakardan tayyorlangan mahsulotlar va asal – 11,5 mln AQSH dollari
Har xil oziq-ovqat mahsulotlari va preparatlar – 7,6 mln AQSH dollari