Valyuta kurslari 13/03/2025
$1 – 12920.00
UZS – -0,09%
€1 – 14102.18
UZS – -0,04%
₽1 – 149.52
UZS – -0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 10/02/2025 3,5 ming nafar kam taʼminlangan oila farzandlari O‘zbekiston OTMlariga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi

3,5 ming nafar kam taʼminlangan oila farzandlari O‘zbekiston OTMlariga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda «Qashshoqlikdan farovonlikka» dasturi doirasida 3,5 ming nafar kam taʼminlangan oila farzandlari grant asosida oliy taʼlim muassasalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu Prezidentning «O‘zbekiston – 2030» Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi haqidagi farmonida belgilangan.

2025/2026 o‘quv yilidan inson kapitalini rivojlantirish va taʼlim olish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Markaziy Osiyo universiteti ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy taʼlim muassasasiga aylanadi. Ushbu universitetda «aylanma iqtisodiyot» yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va poytaxtda ushbu universitetning filiallari bo‘lgan «yashil texnikumlar» faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, davlat OTMlarida tabiiy fanlar, texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari joriy etiladi.

Grantlar soni oshirilib, aniq va tabiiy fanlar, muhandislik, texnologiyalar, tibbiyot va xizmatlar sohalari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash hajmi 25 mingtaga yetkaziladi. «El-Yurt Umidi» jamg‘armasi ekologik mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish uchun 20 ta stipendiya ajratadi.

Shuningdek, har bir tuman va shaharda bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan maktablar ochiladi.

Qashshoqlikni qisqartirish va bandlik vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida mamlakatda qashshoqlik darajasi 11%dan 8,9%ga tushgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling