Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
3 oyda O‘zbekistonda 564,1 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 52,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga ko‘p.
2025-yil yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar hajmi:
— Go‘sht (tirik vaznda) – 564,1 ming tonna
— Sut – 2 mln tonna
— Tuxum – 1,5 mlrd dona
— Sabzavotlar – 79 ming tonna