24 apreldan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi yopiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 aprel soat 07:00 dan 30 mayga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilganidek, yo‘l harakati cheklovlari infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bilan bog‘liq.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad ko‘chani 24 soat davomida aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan jamoat maydoniga aylantirishdan iborat.
Tuman hokimligi vaqtinchalik cheklovlar tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.