Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida 229,3 ming O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga safar qilgani qayd etildi, deb xabar beradi Statistika agentligi.
2023-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 41,5 ming kishiga oshdi, bu esa 22,1% o‘sishni tashkil qiladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 174 102 kishi Turkiyaga turizm maqsadida borgan. Shuningdek, 46 656 kishi qarindoshlarini ziyorat qilish uchun safar qilgan.
Bundan tashqari, 4 116 fuqaro tibbiy yordam olish maqsadida, 2 711 kishi o‘qish uchun va 1 671 kishi xizmat safari uchun Turkiyaga yo‘l olgan.