Valyuta kurslari 14/01/2025
$1 – 12972.08
UZS – 0,12%
€1 – 13223.74
UZS – -0,91%
₽1 – 126.61
UZS – -0,91%
Qidirish
Iqtisod 12/01/2025 2027-yildan boshlab O‘zbekistonda plastik paketlar ishlab chiqarish, import qilish va foydalanish taqiqlanishi mumkin

2027-yildan boshlab O‘zbekistonda plastik paketlar ishlab chiqarish, import qilish va foydalanish taqiqlanishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan Milliy plastik ifloslanishini kamaytirish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu chora-tadbirlar joriy yil uchun davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Asosiy choralardan biri — 2027-yildan boshlab plastik paketlar ishlab chiqarish, import qilish va foydalanishni taqiqlash, shuningdek, ekologik xavfsiz (bio-chiriydigan) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirishdir. Shuningdek, plastik mahsulotlarda zararli kimyoviy moddalardan foydalanishni cheklash va qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsiyentlarini belgilash rejalashtirilgan.

Hujjat loyihasi 2025-yil sentyabr oyigacha tayyorlanib, 2025-yil noyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrga qadar plastik qadoqdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va import qiluvchilarni fantomatlar orqali idishlarni qayta yig‘ish tizimini tashkil etishga majburlovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Plastik chiqindilarni yig‘ish va utillash punktlarini yaratish ham rejalashtirilgan.

Fantomatlar yirik savdo nuqtalari, supermarketlar, gipermarketlar va bozorlarda o‘rnatiladi. Shuningdek, gazsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar o‘z plastik qadoqlarining ma’lum bir qismini qayta ishlashga majbur qilinadi: 50% — 2026-yilgacha, 75% — 2027-yilgacha, 100% — 2028-yilgacha.

Ushbu chora-tadbirlar plastik chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish, poligonlarga jo‘natiladigan chiqindi hajmini kamaytirish va poligonlarning xizmat muddatini uzaytirishga imkon beradi.

Hozirda 100 dan ortiq davlat bir martalik plastik paketlarni to‘liq yoki qisman taqiqlagan bo‘lib, 2010—2019-yillar oralig‘ida plastikdan voz kechishga qaratilgan davlat dasturlari soni uch barobarga oshgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling