Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) 2027-yilda kattalar o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa 2027-yilning 20–28-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu qaror Toshkentda o‘tgan FIEning navbatdagi Kongressi doirasida qabul qilindi.
Tadbirning eng yorqin daqiqalaridan biri yil yakuni bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘zbekistonlik qilichboz Fernanda Errera sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallab, maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi.