Valyuta kurslari 04/07/2025
$1 – 12557.56
UZS – -0,27%
€1 – 14809.13
UZS – -0,08%
₽1 – 159.44
UZS – -0,46%
Qidirish
Iqtisod 03/07/2025 2025-yilning besh oyida O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 373 trillion so‘mdan oshdi

2025-yilning besh oyida O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 373 trillion so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning yanvar–may oylarida respublikada bozor xizmatlari hajmi 373,5 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshdi (oʻtgan yilning mos davrida – 13,0 %). Tarmoqlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlari aloqa va axborotlashtirish (123,5 %), moliya (119,1 %) va transport (114,0 %) xizmatlarida kuzatildi.

Shuningdek, past oʻsish koʻrsatkichlarini yashash va ovqatlanish (107,7 %), taʼlim (108,9 %) va savdo (110,2 %) xizmatlari qayd etgan. Hududlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlariga Toshkent shahri (117,0 %), Navoiy va Andijon (113,1 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Xizmatlar sohasida joriy yilning yanvar–may oylarida xizmat koʻrsatish sohasida jami 820,5 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilingan. Jumladan, doimiy ishga joylashtirish hisobiga 140,2 ming nafar (shundan, norasmiy ish oʻrinlarini rasmiy sektorga oʻtkazish hisobiga 2,7 ming nafar) hamda tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga 680,3 ming nafarni tashkil etgan.

Hududlarda jami 22,4 mingga yaqin yangi savdo va servis obyektlari ishga tushirilishi natijasida 43,6 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shu oʻrinda, chakana savdoda 9,8 mingta, maishiy xizmatda 2,5 mingta, taʼlim va tibbiyot sohalarida 1,4 mingta, umumiy ovqatlanish sohasida 1,1 mingta, turizm bilan bogʻliq yoʻnalishlarda 314 ta hamda 7,2 mingdan ziyod boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari ishga tushirildi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda obyektlarni tashkil etish boʻyicha yuqori koʻrsatkich Navoiy (yanvar-may reja bajarilishi 2,5 barobar), Qashqadaryo (188 %) va Fargʻona (179 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Hududlarda yangi xizmat koʻrsatish va savdo obyektlarini tashkil etish uchun 1,3 ming gektar yer maydonlari 8,5 ming lotga ajratilib, “Eauksion” elektron platformasi orqali auksion savdolariga chiqarildi va shundan 559,8 gektar yer maydonlari (3 mingta) sotildi.

Koʻchma savdo faoliyatini amalga oshirish uchun 3,9 mingga yaqin (yillik rejaga nisbatan 21 %) yer maydonlari “K-savdo” AAT orqali savdolarga chiqarilib, shundan 1,8 mingtasi (48 %) sotilgan.

“Yangi Oʻzbekiston” mavzelarida 3,4 gektar yer maydoni (81 ta lotlarga ajratilib) xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida auksion savdolariga chiqarildi, bundan tashqari, mavze hududi va koʻp qavatli turar joylarning 1 va 2-qavatlarida 132 ta xizmat koʻrsatish obyekti tashkil etilishi natijasida 317 ta ish oʻrni yaratilishiga erishildi.

Turizm sohasi Joriy yilning yanvar-may oylarida respublikaga 4,2 mln nafar xorijiy sayyohlar (oʻtgan yilning mos davrida 3,8 mln nafar) tashrif buyurib, 1,9 mlrd dollarlik (1,1 mlrd dollar) turizm xizmatlari eksporti koʻrsatildi.

Qoʻshni va qolgan MDH davlatlaridan tashqari, boshqa davlatlardan tashrif buyurgan turistlarning ulushi oʻtgan yilga nisbatan 6,9 foizdan 8,0 foizga oshgan. Jamoat transporti sohasi Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, deyarli barcha hududiy markazlarda transport va yoʻl-transport infratuzilmalarini rivojlantirish “Bosh reja”sini ishlab chiqish ishlari yakunlandi.

Andijon va Termiz shaharlarida esa “Bosh reja”ni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda. Hozirda Bosh rejalari ishlab chiqilgan shaharlarda, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Bosh rejani amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.

Harakat tarkibi Bugungi kunda, avtomobil transportida yoʻlovchi tashuvchi 3 594 ta tadbirkorlik subyektlari 305 126 ta avtotransport vositalarida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Shundan, jamoat transporti yoʻnalishlarida jami 36 796 ta avtotransport vositalari mavjud boʻlib, shundan 7 764 tasi avtobus (21 foiz), 4 005 tasi mikroavtobus (11 foiz) va 25 027 tasi “Damas” (68 foiz) avtomashinalarini tashkil etadi.

Bundan tashqari, 268 330 ta avtotransportlar, shundan 265 346 ta oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar taksi faoliyatida aholiga transport xizmatini koʻrsatib kelmoqda. Harakat tarkibi xaridi Jamoat transporti uchun 2025-yil yanvar-may oylari davomida jami 354 dona avtobuslar xarid qilinib, hududlarga olib kelindi. Maʼlumot uchun: Jizzax va Navoiy viloyatlarida 60 tadan, Toshkent viloyatida 45 ta, Namangan va Xorazm viloyatlarida 30 tadan, Qashqadaryoda 26 ta, Fargʻonada 24 ta, Buxoroda 22 ta, Sirdaryoda 14 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13 ta avtobuslar xarid qilingan.

Bundan tashqari, hududlardagi salohiyatli tadbirkorlar tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jami 181 dona mikroavtobuslar xarid qilingan. Maʼlumot uchun: Fargʻona viloyati 77 ta, Qashqadaryo viloyati 30 ta,Toshkent viloyati 20 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 ta, Andijon viloyati 12 ta, Samarqand va Jizzax viloyatlari 10 tadan, Sirdaryo viloyati 3 ta, Xorazm viloyati 2 ta hamda Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida 1 tadan xarid qilingan.

Shuningdek, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta elektrobus xarid qilish loyihasi boʻyicha xarid komissiyasining 2025-yil 27-yanvardagi tanlov natijasiga koʻra “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi gʻolib deb topildi. Tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzilib, import shartnoma ekspert xulosasi olish uchun “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga taqdim etildi hamda ijobiy xulosa olinib, joriy yilning 16-may kuni 15 foiz dastlabki mablagʻlari ajratildi. Shu bilan birga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga Nukus (50 ta) va Namangan (50 ta) shaharlari jamoat transporti uchun jami 100 ta elektrobus xarid qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yuzasidan xorijlik va mahalliy konsultantlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Hamkor bilan qilingan ish rejasiga asosan, Texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqilishining yakunlanishi 2025-yilning avgust oyiga belgilangan. Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasiga 10 ta yangi zamonaviy trolleybus xarid qilinib, trolleybuslar qatnovining oraliq vaqtini ikki karra qisqartirilishiga erishish ko‘zda tutilgan. Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari Respublika boʻyicha jami 3 708 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, shundan, shahar yoʻnalishlari 836 ta, shahar atrofi yoʻnalishlari 2502 ta, viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlari 234 ta va viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlar 136 tani tashkil qiladi. Joriy yilning oʻtgan oylari davomida jami 61 ta yangi jamoat transporti yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyildi, shundan 41 tasi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etadi.

61 ta yangi jamoat transporti yoʻnalishlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 ta, Andijonda 3 ta, Buxoroda 1 ta, Jizzaxda 13 ta, Navoiyda 3 ta, Namanganda 8 ta, Samarqandda 9 ta, Surxondaryoda 1 ta, Sirdaryoda 3 ta, Fargʻonada 5 ta, Xorazmda 7 ta, Toshkent viloyatida 3 ta va Toshkent shaharda 1 ta. 41 ta avtobus yoʻnalishlaridan 29 tasi shahar ichi (Brutto) yoʻnalishlari, 11 tasi shahar atrofi yoʻnalishlari va 1 tasi viloyat ichi shaharlararo avtobus yoʻnalishlari.

Xalqaro avtobus qatnovlari Bugungi kunda Qozogʻiston (20), Qirgʻiziston (8), Rossiya (7) va Tojikiston (4) ga jami 39 ta yoʻnalishda xalqaro avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda. 2025-yil yanvar-aprel oylari davomida “Toshkent-Ufa”, “ToshkentKrasnodar” va “Toshkent-Kazan” yangi xalqaro avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi. 2024-yilda 6 ta yangi xalqaro avtobus yoʻnalishlari tashkil etilgan. Shundan, aprel oyida “Fargʻona-Osh”, “ToshkentPetropovlovsk”, may oyida “Samarqand-Bishkek”, “Buxoro-Ostona”, noyabr oyida “Kosonsoy-Osh”, “Olmaliq-Xoʻjand” yoʻnalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilgan.

Bugungi kunda, tadbirkorlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, “Nukus-Atrau”, “Nukus-Aktau”, “Buxoro-UrganchNukus-Sank Peterburg”, “Toshkent-Krasnadar”, “Urganch-Atrau”, “Surxondaryo (Uzun tumani)-Urganch-Nukus-Moskva”, “Toshkent-Urumchi” xalqaro avtobus yoʻnalishlari tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda, “Urganch-Atrau”, “Urganch-Aktau”, “Toshkent-SanktPeterburg”, “Toshkent-Moskva” va “Nukus-Atrau” halqaro avtobus yoʻnalishlari boʻyicha mahalliy va xorijiy tashuvchilarga ruxsatnomalar berildi.

Jamoat transporti infratuzilmasi Respublika boʻyicha jami 13 ta avtovokzal va 163 ta avtostansiya hamda 18 355 ta oraliq bekat mavjud. Maʼlumot uchun: 2024-yil davomida jami 7 ta avtostansiya hamda 125 ta oraliq bekat qurildi. Shu bilan bir qatorda, 2 ta avtovokzal va 10 ta avtostansiya hamda 369 ta oraliq bekat rekonstruksiya qilingan. Davlat dasturiga asosan 2025-yilda 1 ta avtovokzal va 15 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan.

Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 2 tadan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida 1 tadan qurilishi belgilangan. 2025 yil yanvar-may oylari davomida 2 ta, yaʼni Fargʻona viloyati (Oʻzbekiston tumani) va Toshkent viloyati (Oxangaron tumani)da avtostansiya qurilib foydalanishga topshirildi hamda 1 ta avtostansiya Surxondaryo viloyatida (Muzrabat tumani) rekonstruksiya qilindi.

Shu bilan birgalikda, jamoat transporti ustuvorligini taʼminlash, ularning erkin harakatlanishiga imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yili yanvar-aprel oylari davomida jami 24,7 km alohida yoʻlaklar tashkil etilib, Respublika boʻyicha avtobuslar uchun ajratilgan alohida yoʻlaklar 174,8 kmga yetkazildi. 

Joriy yili yanvar-may oylarida Nukus shahrida 9 km, Samarqand shahrida 5,7 km, Guliston shahrida 1,7 km, Toshkent viloyatida 8,7 km jami 24,7 km alohida yoʻlaklar tashkil etilib, 174,8 km yetkazildi. Hozirda, Nukus shahrida 10,2 km, Andijon shahrida 1,9 km, Buxoro shahrida 3,6 km, Jizzax shahrida 5,6 km, Qarshi shahrida 18,9 km, Namangan shahrida 22 km, Samarqand shahrida 13,1 km, Termiz shahrida 7 km, Guliston shahrida 1,7 km, Fargʻona shahrida 2 km, Urganch shahrida 2,5 km, Toshkent viloyatida 15,7 km va Toshkent sh. 70,6 km mavjud.

Yoʻnalishsiz taksi 2022-yildan 2024-yil yakuniga qadar taksi faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan xizmatlar turlari roʻyxatiga sinov tariqasi kiritildi. Tajriba oʻzini oqlagani sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-78-son Qarori asosida oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar taksi faoliyati bilan shugʻullanishi doimiyga oʻtkazildi. Buning natijasida, chorak yakunida faoliyati legallashtirilgan yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullangan shaxslar soni 265 mingdan oshdi. Temir yoʻl transporti sohasi Yoʻlovchi tashish Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha mavjud 28 ta mahalliy va 10 ta xalqaro yoʻnalishda (shundan 5 tasi Rossiya, Qozogʻiston va Tojikiston Respubublikasi yoʻlovchi poyezdlari hisoblanadi) kuniga oʻrtacha 30 mingdan ortiq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilmoqda.

Mahalliy yoʻnalishlarda – 38 ta yoʻlovchi poyezdlari harakatlanib, shundan, 6 tasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar (Afrosiyob), 5 tasi tezyurar (Andijon, Sharq, Nasaf) va 17 tasi yoʻlovchi poyezdlari hamda 10 tasi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar. 2025-yil yanvar-may oylari mobaynida temir yoʻl transportida 4 mln 436 ming nafar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,0 foiz) yoʻlovchi tashildi. Bunda, xalqaro yoʻnalishda 239 ming nafar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 180 foiz); mahalliy yoʻnalishda 2 mln 418 ming nafar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103 foiz); shahar atrofi yoʻnalishida 1 mln 778 ming nafar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104 foiz);

Aholi va xorijiy turistlarga qulaylik yaratish maqsadida: 2025-yilning 10-fevral kunidan boshlab 768/767-sonli “ToshkentBuxoro-Toshkent” yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” poyezdining haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Kattaqoʻrgʻon bekatida toʻxtab oʻtishi tashkil etildi. 2025-yilning 2-yanvardan 710/709-sonli “Sharq” poyezdi “Toshkent markaziy – Buxoro – Toshkent markaziy” yoʻnalishida va 716/715-sonli “Nasaf” poyezdi “Toshkent markaziy – Qarshi – Toshkent markaziy” yoʻnalishida alohida boʻlingan holda harakatlanishi yoʻlga qoʻyildi. 2025-yilning 30-yanvar kunidan boshlab 7201/7202, 7203/7204, 7205/7206-sonli “Toshkent — Chinor — Toshkent” shaharlararo poyezdlari “Qibray” va “Gʻazalkent” toʻxtash punktlarida toʻxtab oʻtishi tashkil etildi. 2025-yilning 28-fevral sanasidan boshlab haftada 2 marotaba dushanba va juma kunlari “Nukus-Beyneu-Nukus” yoʻnalishi boʻyicha 651/652-sonli yangi Xalqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Joriy yil yakuniga qadar shahar atrofi yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida 3 ta zamonaviy elektroyezd olib kelinib, “Toshkent-Xojikent” va “Qoʻqon-Namangan-Andijon” yoʻnalishlarda elektropoyezdlar qatnovini oshirish hamda 2026-yilda “Toshkent-Parkent” yoʻnalishida elektropoyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyish ko‘zda tutilgan.

Infratuzilma Joriy yilning fevral oyida “Samarqand-Urgut” (55,3 km), “Baytqoʻrgʻon – Parkent” (23,8 km) yangi elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyalarini qurish hamda mart oyida Miskin-Nukus (196 km) temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish ishlari boshlandi. Maʼlumot uchun: Mazkur uchastkalarda qurilish va elektrlashtirish ishlari 2026-yil yakuniga qadar toʻliq bitkaziladi. “Miskin-Nukus” (196 km) temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 

Qurilish-montaj ishlari boshlandi: 5 037 tadan 3 325 dona chuqurlar qazildi, 4 045 tadan 2 580 dona poydevor, 203 tadan 4 dona qoziq (svay) poydevor, 734 tadan 397 dona anker poydevor, 34 tadan 1 dona qoziq (svay) anker poydevor, 4 261 tadan 1 860 dona kontakt tarmogʻi temir-beton ustuni, 3 980 tadan 579 dona konsol, 769 tadan 205 dona ottyajka, 265 tadan 48 dona qattiq rigel oʻrnatildi

“Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar uchun alohida temir yoʻl liniyasining texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilishini taʼminlash ishlari boshlandi. Loyiha TIAsini Koreya Eksimbankining grant mablagʻlari hisobidan “Saman Engineering”, “Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture So. Ltd”, “Korea Railroad Sorroration” va “Korea National Railway” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Loyiha TIAsini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning asosiy vazifalari belgilandi. Toshkent viloyatida koʻp tarmoqli zamonaviy logistika markazini barpo etish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Maʼlumot uchun: "PTC Holding" kompaniyasi (Qozogʻiston) va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ ishtirokida 2025-yil 25-mart sanasida "Silkway CA" MCHJ qoʻshma korxonasi ochildi. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ bilan hamkorlikda Rossiyaning TMX kompaniyasi tomonidan temir yoʻl va metro harakat tarkibini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning zavoddagi ulushi Rossiya kompaniyalari taʼsischiligidagi "Transport Engineering Center" MCHJga ishonchli boshqaruvga berilgan. Kuzatuv kengashi tarkibiga Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi top menejerlari kiradi. 1 250 ta yuk va 40 ta yoʻlovchi vagonlar ishlab chiqarish boʻyicha tarmoq jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Joriy yilning yanvar-may oylarida 500 ta yuk va 34 ta yoʻlovchi vagonlar ishlab chiqarildi. Aviatsiya sohasi Bugungi kunda 16 ta rezident va 43 ta xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 201 ta aviayoʻnalishlarda (mahalliy 18 ta, xalqaro 183 ta) aviaqatnovlar amalga oshirib kelinmoqda. Rezident aviakompaniyalar quyidagilar:

Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi - “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan helicopters”/“Silk avia”, “Qanot Sharq”, “Air Tashkent”, “My Freighter”/ “Centrum Air”, “Tashkent Air”, “Air Samarkand”, “Humo Air”, “Fly Khiva”, “Asia Union Airlines”; Yuk tashish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi - “Uz Aero Tech Group”, “Sky Guard”, Space Bee Airlines; Boshqa xizmatlar bilan shugʻullanuvchi - “Air Tashkent” (uchuvchilarni tayyorlash boʻyicha amaliyot parvozlari, parashyutdan sakrash, turistik parvozlar va maxsus aviatsiya xizmatlari), “Sharq Avia Group Servis” (geologiya-geodeziya-aerofoto suratlarga olish bilan bogʻliq maxsus aviatsiya xizmatlari), “Agro - Parvoz” (deltalyotlar, qishloq xoʻjaligi sohasida).

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling