2025 yil boshiga ko‘ra O‘zbekistonda 10,24 million oila ro‘yxatdan o‘tgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 10 244 241 ta oila ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng ko‘p oilalar Farg‘ona viloyatida — 1 177 396, Samarqand viloyatida — 1 082 846 hamda Toshkent shahrida — 1 011 537 ta oila qayd etilgan.
Toshkent viloyatida — 913 510 ta, Qashqadaryo viloyatida — 911 917 ta, Andijon viloyatida — 946 450 ta, Namangan viloyatida — 834 796 ta, Surxondaryo viloyatida — 740 005 ta, Buxoro viloyatida — 615 418 ta, Xorazm viloyatida — 580 823 ta, Jizzax viloyatida — 370 967 ta, Navoiy viloyatida — 307 744 ta, Sirdaryo viloyatida — 251 415 ta oila ro‘yxatdan o‘tgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 499 417 ta oila mavjud.