2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda deyarli 7,6 million turar joy mavjud
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasida 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, deyarli 7,6 millionta kvartira va uylar mavjud. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan turar joylar soni 92,5 mingtaga ko‘paygan, bu esa 1,2 foiz o‘sishni tashkil etadi.
Yillar kesimida O‘zbekistondagi kvartira va uylar soni quyidagicha bo‘lgan:
2021 yil — 6,6 million;
2022 yil — 7,1 million;
2023 yil — 7,3 million;
2024 yil — 7,5 million;
2025 yil — 7,6 million.