Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida AQShning Immigratsiya va bojxona xizmati tomonidan 572 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 6,5 baravar ko‘pdir.
O‘tgan yilning shu davrida atigi 88 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi. Solishtirish uchun: 2022-yilda bu ko‘rsatkich 55 nafarni, 2021-yilda 21 nafarni, 2020-yilda 49 nafarni va 2019-yilda esa 45 nafarni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston deportatsiya qilinganlar soni bo‘yicha mamlakatlar orasida yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Rossiya (464), Afg‘oniston (132), Tojikiston (77), Qirg‘iziston (69), Qozog‘iston (23) va boshqa davlatlar qayd etilgan.
2024-yilning to‘qqiz oyi davomida AQShdan deportatsiya qilingan xorijiy fuqarolar umumiy soni qariyb 271,5 ming kishini tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘pdir.
Meksika deportatsiya qilingan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda — 87 298 kishi. Keyingi o‘rinlarda Gvatemala (66 435), Gonduras (45 923), Salvador (15 284), Kolumbiya (14 268) va Ekvador (12 921) kabi davlatlar joylashgan bo‘lib, bu mamlakatlarga ham o‘n minglab muhojirlar qaytarilgan.