Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 11/11/2024 2024-yilning noyabr oyida Toshkentda nimalar arzonlashdi va nimalar qimmatlashdi? Oziq-ovqat narxlari sharhi

2024-yilning noyabr oyida Toshkentda nimalar arzonlashdi va nimalar qimmatlashdi? Oziq-ovqat narxlari sharhi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

Shunday qilib, sariq piyozning minimal narxi 8,2 foiz, bu’gdoy uniniki 7,6 foiz, karamniki 6,3 foiz, grechkaniki 5,1 foiz, limonniki 5,1 foiz, shakarniki 1,2 foiz, olmaniki 0,8 foiz, guruchniki 0,6 foiz pasaygan.

10 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq. Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davri ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda bodring narxi 14,5 foiz past, pomidor narxi esa atigi 0,4 foiz yuqori.

3 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular - makaron, tovuq go‘shti (file), margarin.

Tahlil 3-oktyabr va 7-noyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling