Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda Xitoyda avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish hajmi rekord darajadagi 31,4 million donaga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,5%ga ko‘p. Bu haqda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (CAAM) ma’lum qildi.
Ayniqsa, yangi energiya avtomobillari (NEV), ya’ni elektromobillar va gibrid transport vositalari segmentidagi o‘sish yuqori bo‘ldi. NEV sotuvi 40%dan ko‘proq o‘sib, 12 million donaga yetdi. Bu Xitoyning ushbu sektordagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.
Shu bilan birga, an’anaviy benzin dvigatelli avtomobillar sotuvi sezilarli darajada pasaydi — 17%ga qisqarb, 11,6 million donaga tushdi. Bu yangi avtomobillar umumiy sotuv hajmining 51%ini tashkil etadi.
Avtomobillarning eksport hajmi ham katta o‘sish ko‘rsatdi: 20%ga oshib, 6,2 million donaga yetdi.
Biroq, 2025-yil uchun prognozlar eksport o‘sish sur’atlarining 5,8%ga sekinlashishini ko‘rsatmoqda. Bu Yevropa Ittifoqi tomonidan Xitoy elektromobillariga qo‘shimcha tariflar joriy etilishi bilan bog‘liq.