Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 29/01/2025 O‘zbekiston 2024-yilda 53 ming tonnadan ortiq magiz eksport qildi

O‘zbekiston 2024-yilda 53 ming tonnadan ortiq magiz eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 53,5 ming tonna magiz eksport qilib, umumiy eksport hajmi 79,5 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘z navbatida, o‘zbek mahsulotlariga xalqaro bozorda yuqori talab mavjudligini va mamlakatning quritilgan uzum ishlab chiqarish hamda eksport qilishda yirik o‘rin egallab borayotganini tasdiqlaydi.

Eng ko‘p magiz Xitoyga — 8 649 tonna va Turkiyaga — 8 532 tonna yetkazib berilgan. Qozog‘iston (7 147 tonna) va Rossiya (3 753 tonna) ham yetakchi hamkorlar qatoriga kirgan. Birlashgan Arab Amirliklariga 3 492 tonna eksport qilingan bo‘lsa, qolgan 21 925 tonna mahsulot boshqa davlatlarga yuborilgan.

Eksport hajmining o‘sishi o‘zbek magiziga bo‘lgan qiziqishning oshib borayotganini ko‘rsatadi. Mahsulotning yuqori sifati va o‘ziga xos ta’m xususiyatlari uni jahon bozorida tobora talabgir mahsulotga aylantirmoqda.

2025-yilda ham bu tendensiya davom etishi, yangi bozorlarga chiqish va ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali eksport hajmining o‘sishi kutilayotgani ta’kidlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling