Valyuta kurslari 07/04/2025
$1 – 12947.20
UZS – 0,21%
€1 – 14222.50
UZS – -0,21%
₽1 – 153.38
UZS – -0,09%
Qidirish
Texnologiyalar 06/04/2025 2024 yilda O‘zbekiston aholisining 93,3 foizi internetdan foydalangan

2024 yilda O‘zbekiston aholisining 93,3 foizi internetdan foydalangan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi barqaror o‘sishda davom etmoqda.

Milliy statistika xizmati tomonidan o‘tkazilgan tanlanma uy xo‘jaliklari so‘rovi natijasiga ko‘ra, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 93,3% ga yetgan.

Bu deyarli butun katta yoshli aholi internet tarmog‘iga ega ekanini anglatadi. O‘tgan yillar bilan solishtirilganda, mamlakatda internet foydalanuvchilar sonidagi o‘sish juda sezdilarli:

2021 yil — 76,6%

2022 yil — 83,9%

2023 yil — 89%

2024 yil — 93,3%

Bu o‘sish raqamlashtirish, internet infratuzilmasini rivojlantirish va aholini raqamli xizmatlardan foydalanishga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi sifatida qayd etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling