Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 02/02/2025 2024-yilda 40 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

2024-yilda 40 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yili O‘zbekistonda 40 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Bu haqda «Uzsanoatqurilishmateriallari» Assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish bo‘yicha reja 5,4% ga ortiqcha bajarilgan. Sanoat tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi esa 4,8% ni tashkil etgan.

O‘tgan yilda sohada jami 2,2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,4 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.

Sohada 2024-yilda 840 mln dollar eksport amalga oshirildi. Shu bilan birga, Tayland, Belgiya, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya va boshqa shu kabi davlatlarning bozorlarini o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirildi. O‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulotlar eksport qilindi.

Eksportchilarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun alohida Faktoring tashkiloti ochilib, unga 100 million dollar ajratiladi. Korxonalarning xalqaro sertifikat talablariga moslashish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.

Rivojlanish va tadqiqot markazlari uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun 2 million dollar yo‘naltiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling