Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 03/02/2025 2024-yil yakunlari bo‘yicha kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi

v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.

Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha, amarqan, viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha, Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.

2024-yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi.

Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:

  • ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz);
  • tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
  • pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
  • qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
  • xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
  • boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling