Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 13/12/2024 2024-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

2024-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning dekabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 10 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

Shunday qilib, lavlagining minimal narxi 21,8 foiz, limonniki 16,7 foiz, qizil sabziniki 14,4 foiz, grechkaniki 10,7 foiz, shakarniki 2,8 foiz, guruchniki 2,8 foiz, sutniki 2,8 foiz, bananniki 2,0 foiz, mol go‘shtiniki 1,7 foiz, bug‘doy uniniki 0,6 foiz pasaygan.

10 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha oqbosh karam yetakchi bo‘ldi. Shu bilan birga, Toshkentda oqbosh karamning narxi Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlari orasida eng past. Shunday qilib, Dushanbeda bu mahsulotning narxi 2 baravar, Ostonada 1,7 baravar, Bishkekda 1,2 baravar yuqori.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oshdi. Ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan bodring narxi 4,3 foiz arzon.

1 nomdagi (margarin) mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan.

*tahlil 7-noyabr va 12-dekabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling