100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 59 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 59 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni yillar kesimida:
2010 yil – 21 ta
2015 yil – 42 ta
2020 yil – 49 ta
2025 yil (yanvar-iyun) – 59 ta