Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 202,7 mln AQSH dollariga 20 190 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.
Importning asosiy qismini Xitoy ta’minlagan bo‘lib, ushbu davlatdan 20 082 dona elektromobil olib kelingan, bu esa umumiy importning deyarli barcha qismini tashkil etadi.
Shuningdek, boshqa eksportchi davlatlar orasida Qozog‘iston (51 dona), Gonkong (17 dona), Germaniya (14 dona), BAA va AQSh (har biri 10 tadan elektromobil) qayd etilgan.