Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent maktablarida niqob taqish tartibi joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda 30 oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilangani haqida xabarlar tarqaldi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov bu xabarlarni rad etib, maʼlumot noto‘g‘ri talqin qilinayotganini taʼkidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar 2025 yil 26 sentyabrdagi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga tayanishmoqda. Ammo ushbu hujjat rejali hisoblanadi va har yili o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari hamda gripp mavsumi oldidan qabul qilinadi. Unda faqat mahalliy hokimiyat va muassasalar uchun tavsiyalar keltirilgan.
Atabekov taʼkidlashicha, niqob taqish faqat epidemiologik vaziyat og‘irlashganda joriy etiladi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror bo‘lib, maktablarda niqob taqish majburiy emas. Niqoblar faqat kasallar bilan aloqa qilgan o‘quvchilarga tavsiya etilishi mumkin.
Shu maʼnoda, mazkur qarorga joylardagi epidemik vaziyat qay darajada murakkab yoki murakkab emasligidan kelib chiqib, tegishli chora qabul qilish uchun mo‘ljallangan odatiy hujjat sifatida qaralishi zarur, deyiladi SSV xabarida.