Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–iyul oylarida Gruziyaga deyarli 9,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 ming kishiga ko‘p bo‘lib, o‘sish 51%ni tashkil etdi.
Sayohat maqsadlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha ko‘rinish oldi: turizm safarlari — 8 319 kishi, qarindoshlarnikiga borish — 1 244, xizmat safari — 44, taʼlim olish — 19, davolanish — 14 kishi.