O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga polkovnik Abduvosit Abdurazzakov rahbar etib tayinlandi

UzDaily · 31.07.2025 · 13:10 · 624 views
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga polkovnik Abduvosit Abdurazzakov rahbar etib tayinlandi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga polkovnik Abduvosit Abdurazzakov rahbar etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Abduvosit Abdurazzakov tayinlandi.

U bu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.