Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda Shevchenko – Baraka chorrahasida harakat tiklanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 fevral kuni Toshkentda Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalari chorrahasida transport harakati qayta ochiladi. Bu haqda Mirobad tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kunduz-tuz gastronomik ko‘cha yaratish bo‘yicha ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlangani sababli, 94-maktabdan chorrahagacha bo‘lgan yo‘l uchastkasi 18:00 dan boshlab ochiladi.